Prezident Farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasining bir guruh faollari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Foto: prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni faol ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatlarimiz xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin:

Karin Yerlan Tinimbayuli – Qozog‘iston Respublikasining Davlat maslahatchisi

Jeldibay Ruslan Sultanuli – Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha yordamchisi

Jumangarin Serik Makashevich – Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

Balayeva Aida Galimovna – Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri

Atamkulov Beybut Bakirovich – Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Xashimjanov Ikram Akramovich – Qozog‘iston Respublikasi O‘zbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.