Prezident farmoniga ko’ra mustaqillik arafasida bir qator faollar faxriy unvonlar bilan taqdirlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko’ra mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirish, o‘zining yorqin iste’dodi, ko‘p qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalq ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir qator shaxslar quyidagi faxriy unvonlari bilan taqdirlanadi:

  • “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan;
  • “O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni bilan;
  • “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan;
  • “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan;
  • “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan;
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan;
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan;
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan.

Shuningdek, Xalqning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, yurt taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi uchun ham bir qancha faollar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • “Imom Buxoriy” ordeni bilan;
  • “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
  • “Do‘stlik” ordeni bilan;
  • II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan;
  • II darajali “Salomatlik” ordeni bilan;
  • “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan;
  • “Sog‘lom turmush” medali bilan;
  • “Shuhrat” medali bilan.

Ushbu unvonlar bilan taqdirlanayotgan faol shaxslar ro’yxatini shu havola orqali ko’rishingiz mumkin.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.