Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi

Foto: Prezident.uz

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-106-son) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi.

Iqlim kengashi iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha Prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.

Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (rezidensiyasi) (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.