Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida sohada qator islohotlar qilinishi belgilangandi.

Butun mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni Qoraqalpog‘iston misolida yaqqol ko‘rish mumkinligi ta’kidlangan edi.

“Bugungi tahlikali va murakkab zamonga qaramasdan, iqtisodiyotimiz barqaror o‘sib borayotgani, dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar yetakchilari buni e’tirof etayotgani qayd etildi. Yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshganini tasdiqladi. Shunday yuksak marraga erishishda ilg‘or texnologiyalar asosida zamonaviy korxonalar ochayotgan, yuz minglab yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan va dunyo bozorlariga jadal kirib borayotgan azmu shijoatli tadbirkorlarning hissasi beqiyos ekani e’tirof etildi”, – deyilgandi uchrashuvda.

Ana shulardan kelib chiqgan holda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-132-son, 30.08.2024 y.) qabul qilinib, unda 5 ta yo‘nalishdan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

🔹ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati;

🔹amaliy tadbirlar rejasi.

Hujjat bilan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.