Prezident Ichki ishlar xodimlariga bayram tabrigi yo’lladi
Davlat rahbari bayram tabrigida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatda xizmat qilayotgan barcha xodimlar, jumladan ofitser va generallar, serjant va safdorlar, faxriylar chin dildan tabrikladi. Ushbu bayram munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlarining mamlakat osoyishtaligini taʼminlashdagi ulkan hissasi eʼtirof etdi. Ularning jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari samimiy minnatdorchilik bilan qabul qilinishini bildirdi.
Tabrikda ichki ishlar tizimidagi islohotlar, xodimlarning kasb mahoratini oshirish, innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar joriy etilayotgani haqida soʻz yuritildi. Soʻnggi yillarda xavfsiz muhit yaratish uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlar, profilaktika va patrul xizmatlariga raqamli texnologiyalarni kiritish, huquqbuzarliklarning oldini olish uchun dronlardan foydalanish kabi ilgʻor tajribalar misol sifatida keltirildi.
Sharhlar