Prezident ishtirokidagi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi

Foto: Oliy Majlis

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, Hukumat a’zolari, markaziy muassasalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqdalar.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.