Prezident majlisida ishdan olingan sobiq hokim yangi lavozimga tayinlandi
17-iyul kuni Prezident boshchiligida o’tkazilgan majlisda Mingbuloq tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan Xudoyberdiyev Nurshod Nurmamatovich Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Nurshod Xudoyberdiyev 1983-yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – 2004-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Namangan viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasida turli vazifalarda ishlagan. 2015-2016 yillarda Mingbuloq tumani Zardaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2016-2017-yillarda – Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2017-2019-yillarda – Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Nurshod Xudoyberdiyev 2019-yildin 2024-yil avgust oyiga qadar Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Mazkur tayinlov Respublika qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirildi.
Sharhlar