Prezident maktabining baholash tizimi boshqa maktablarda joriy qilinishi bilimlarni o‘zlashtirish foizini oshirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig’ilishda Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshganligi ta’kidlandi.

Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi.

“Katta beshlik” fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan medallar oxirgi to‘rt yilda 2 karra ko‘paydi.

Prezident farzandlarni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda:

– “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi;

– “Yoshlar daftari”dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi;

– 205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

“Qilsa bo‘larkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak”,
– dedi Prezident.

Davlat rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakat jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.