Prezident mamlakatga yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Foto: prezident.uz

20-sentabr kuni O‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant, Koreya Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon, Mo‘g‘uliston Favqulodda va muxtor elchisi Daadanxuu Batbaatar, Germaniya Federativ Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xuterer, Isroil Davlati Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Toyvo Klaardan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini O‘zbekistondagi sharafli va mas’uliyatli faoliyati rasman boshlangani bilan samimiy tabrikladi.

Bugungi kunda jahondagi beqaror va tez o‘zgarayotgan davrda elchilarning nafaqat o‘z mamlakatlarining manfaatlarini ilgari surish, balki xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan sharafli faoliyatining ahamiyati keskin ortib borayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimiz ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat natijasida Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va mavqei tobora mustahkamlanayotganini ta’kidladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.