Prezident Navoiyda kimyo sohasidagi qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Navoiy viloyatida joylashgan “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yangi korxona yiliga 30 ming tonna vodorod peroksidi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, mahalliy ehtiyojlarni to‘liq qoplab, importni qisqartirishga xizmat qiladi. Bu haqida O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Korxonada Xitoy, Hindiston, Turkiya, Germaniya, Italiya va Shvetsiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Loyihaning umumiy qiymati 30 million dollar bo‘lib, bu yerda 80 nafar xodim ish bilan ta’minlangan. Vodorod peroksidi kimyo, metallurgiya, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi.
Prezident korxonaning barqaror rivojlanishi va mahalliylashtirish dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qulay kredit shartlari yaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, korxona mahsuloti MDH va Yevropa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda va yillik eksport salohiyati 10 million dollarni tashkil etadi.
Sharhlar