Prezident: О‘zbekistonda “kanser-registr” tizimi ishga tushiriladi

Фото: President.uz

О‘zbekiston prezidenti Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markaziga tashrif buyurdi, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.

Markaz hududiy filiallari bilan yagona elektron platformaga ulanadi, respublikada “kanser-registr” tizimi ishga tushiriladi. Natijada, kuzatuv ostidagi saraton kasalliklariga oid barcha ma’lumotlar xodimlarga to‘liq taqdim etiladi.

*Kanser-registr  О‘zbekiston hududiy muassasalarida xavfli o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan.

2021-yilda Anhor.uz jamoatchilik prezidentga murojaat qilgani haqida yozgan edi.

О‘zbekistonda saraton kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning omon qolish darajasi 20-30 foizni tashkil etgan bo‘lsa, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 70-80 foizga yetadi. Oxirgi uch yil ichida onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni isloh qilish bo‘yicha qator qarorlar va qonunchilik normalari qabul qilingan bo‘lsa-da, bu me’yorlarning barcha bandlari ham bajarilmagan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.