Prezident Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni hamda uning negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatirangli, nodir va qimmatbaho metallar qazib chiqarishda yetakchi. Mamlakatimiz yalpi sanoat mahsulotining 5 foizi, sanoat mahsulotlari eksportining 6 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Kombinat tizimida 35 mingga yaqin kishi ishlaydi.
O‘tgan yili 148 ming tonna mis, 17 tonnadan ziyod oltin, 162 tonna kumush ishlab chiqarilgan. 1 milliard 100 million dollarinvestitsiya o‘zlashtirilib, 662 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Keyingi yillarda geologik qidiruvlar va investitsiyalar miqdori oshgani natijasidaishlab chiqarishning yangi imkoniyatlari topilmoqda. Shulardan biri – “Yoshlik-1” koni. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1 martdagi qaroriga muvofiq istiqbolli investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda.
Kon hududi 11 ming gektar. Zaxirasi hamsalmoqli – yiliga 65 million tonna ma’dan. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor.
Davlat rahbari mazkur konda bo‘lib, qazish ishlarini ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan muloqot qildi.
“Yoshlik-1” koni ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi barpo etilmoqda.Uning qurilishiga 2021-yil 29-iyulda tamal toshi qo‘yilgan edi.
Bu yirik loyihaning qiymati 4,6 milliard dollar bo‘lib, konni qazish, fabrika va uning infratuzilmasini qurishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda 200 million kub metr kon yuzasi ochilgan, 41 kilometr temir yo‘l yotqizilgan, 650 megavattli podstansiya qo‘yilgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa Yevropa davlatlaridan uskunalar keltirilgan. Fabrika va boshqa infratuzilmalar qurilishi jadal ketmoqda.
Sharhlar