Prezident Ostonadan Toshkentga jo‘nab ketdi

Foto: t.me/shmirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.

Bugun “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammiti doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda Prezidentimiz mintaqa mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.