Prezident Ostonaga yetib keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi.
Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti bugun Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketganligi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar