Prezident oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshganiga mahalliy byudjetni tanqid qildi
Navoiy viloyat o’tayotgan yig’ilishda mutasaddilarga chetga ishlashga ketgan odamlar bilan gaplashish, ularning oila a’zolaridan xabar olish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish topshirildi.
Bu masalalarga jiddiy qaramagan rahbarlarga xulosa ham jiddiy bo‘lishi qayd etildi.
Kichik biznes, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va baliqchilikda mavjud imkoniyatlarni ishga solib aholi daromadini oshirish, 4 ta tuman tajribasi asosida 140 ming aholini band qilish, kelgusi yilda Navoiyga 500 ming xorijiy turistni jalb qilib, eksportni 150 million dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Prezident yig’ilishda oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratdi.
Zaxira qilish ishlaridagi kamchiliklar uchun ayrim hududlarda kartoshka va go‘sht narxi o‘sganiga e’tibor qaratildi. 18 ta tuman va shaharda bozorlarni go‘sht, kartoshka, sabzi, piyoz va guruch bilan uzluksiz ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, oziq-ovqat jamg‘armalari uchun Sirdaryo, Xorazm va Toshkent shahrida mahalliy budjetdan mablag‘ ajratilmagani tanqid qilindi.
Bosh prokuratura, Raqobat qo‘mitasi va boshqa mas’ul idoralarga zaxira yaratish va narx ustidan monitoring qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tuzish, narx eng yuqori o‘sgan tuman va shaharlarda bozorlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish topshirildi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga 620 ming tonna mahsulot zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Sharhlar