Prezident Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarning ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazmoqda

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

“Siz, aziz sportchilar Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlarida rekord natijalarga erishib, mamlakatimizga mana shunday bayram ruhini olib keldingiz.Barchangizni olamshumul yutuq va natijalaringiz bilan o‘z nomimdan, el-yurtimiz nomidan chin yurakdan samimiy tabriklayman”, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Ushbu xalqaro sport anjumanida dunyoning 168 ta davlatidan 4 ming 400 ga yaqin eng kuchli va mahoratli sportchilar ishtirok etgani uning nufuzi va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.

“Shu ma’noda, Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Siz, azmu shijoatli farzandlarimiz g‘oyat keskin bellashuvlarda yuksak marralarni egallab, musobaqalarning haqiqiy qahramonlariga aylandingiz”, – dedi Prezident.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.