Prezident raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish bo’yicha yig‘ilish boshlandi

Foto: prezident.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi yetti yilda barcha hududlar singari Toshkent viloyatida ham katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini qayd etdi.

Viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobarga o‘sib, o‘tgan yili 119 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratildi, tadbirkorlar 16 mingtaga ko‘payib, 170 ming doimiy ish o‘rni paydo bo‘ldi.

Viloyatda 6 milliard dollarlik 826 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushdi, 5 milliard dollarlik eksport bo‘ldi.

Shularning natijasida o‘tgan to‘rt yilda 70 ming, bu yilning o‘zida esa 19 mingta oila kambag‘allikdan chiqarildi.

Toshkent viloyati hududi 15 ming kvadrat kilometr bo‘lib, Andijondan 3,5 baravar ko‘p. Viloyat tuman va shaharlar soni bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda.

Lekin viloyat o‘z imkoniyatlarining yarmini ham ishlatmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.