Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ona tilimiz rivojiga alohida urg‘u berilayotgan bejizmasligi, ona tabiatimiz, hovlimiz, mahallamiz, shahar va qishloqlarimizdagi gullar, daraxtlar, yashil maysalar singari ona tilimiz ham har kuni, har daqiqada g‘amxo‘rlikni talab etishi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Prezident kun davomida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan tanishdi. Unda ekologiya, barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanadi.
Bu bilan ekologiya tizimiga ham zamonaviy kadrlar tayyorlaydigan mustahkam zamin yaratildi.
Viloyat hokimlariga har bir viloyatda 1 tadan ushbu universitet texnikumini tashkil qilish topshirildi. Texnikum atrofida ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun dendrologiya bog‘i ham tashkil qilinadi.
Yangi o‘quv yilidan universitetda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, urug‘chilik, ko‘chatchilik, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qisqa kurslar tashkil qilib, har yili 1 ming nafar xodimning malakasini oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sharhlar