Prezident raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Davlat rahbari mamlakatda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladi.

Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.

Birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.

Natijada oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi.

Shuningdek, bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlar xorijda tahsil olmoqda.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar o’zbekistonlik yoshlar bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlar soni esa 200 dan oshdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.