Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19 aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lishi xabar berilgan edi.

Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.