Prezident yordamchisi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoq sahimalarida ma’lum qilgan.
“Bugun Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdik. Muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildik. Xalqlarimizni bir-biriga yaqinlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish choralarini ko‘rishga kelishib oldik”, – deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar