Prezidentga Toshkentning bosh rejasi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoуev Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi, deya xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.
Yangi bosh reja shahar hududini uch asosiy hududga bo‘lishni nazarda tutadi:
- Birinchi zona — konservatsiya — madaniy meros obуektlari, tarixiy joylar, binolar va yashil maydonlarni saqlab qolishga qaratilgan bo‘ladi;
- Ikkinchi zona — rekonstruksiya — master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilish ishlarini amalga oshirishga imkon beradi;
- Uchinchi zona — renovatsiya — eski uy-joylar va eski binolar o‘rniga yangi qurilish hamda ularni ta’mirlashga qaratilgan bo‘ladi.
Bundan tashqari, Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar maydonini uch barobarga oshirib, 25 ming gektarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Buning natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydonlar hozirgi uch kvadrat metrdan olti kvadrat metrgacha ko‘payadi.
Bosh reja tasdiqlangandan so‘ng, uning xaritalari Shaharsozlik kadastrining geoaxborot tizimida va Toshkent shahar hokimiyatining veb-saytida ochiq foydalanish uchun joylashtirilishi ma’lum qilindi.
Ulashish:
Sharhlar