Prezidenti GEF bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Global ekologik fond (GEF) rahbari Karlos Rodriges bilan uchrashdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Suhbatda O‘zbekistonda iqlim barqarorligi va ekotizimlarni himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

GEFning bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslarni boshqarish va iqlim o‘zgarishiga moslashish loyihalariga qo‘shgan hissasi yuqori baholandi, qo‘shma loyihalar qiymati 100 million dollardan oshgan. Havo sifatini monitoring qilish, ko‘kalamzorlashtirish, ekoturizmni rivojlantirish va Orolbo‘yini tiklash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Kelgusi yilda O‘zbekistonda GEF donorlar yig‘ilishini o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.