Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashida nutqi so‘zladi
Prezident nutqi avvalida, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich Toqayevni ham tuzilmada “Turkiy davr!” shiori ostida o‘tgan samarali raisligi bilan chin dildan tabrikladi.
Shuningdek, tashkilot doirasida siyosiy va xavfsizlik masalalarida muloqotlarni tizimli davom ettirish, umumiy manfaatlardan kelib chiqib, xalqaro muammolar bo‘yicha yakdil va aniq pozitsiyamizni faol ilgari surish maqsadga muvofiqligi haqida fikr bildirdi.
Bu o‘rinda Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush, begunoh bolalar, keksalar va ayollar o’limi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralandi.
“Bugun Tashkilotimizning tarixiy hujjati – Turkiy dunyo xartiyasining qabul qilinishi qardosh davlatlar va xalqlar o‘rtasida kuchayib borayotgan ko‘pqirrali hamkorlikning yorqin ifodasi. Shu asosda Turkiy dunyoni yanada jipslashtirish, uning mavqeini oshirish, o‘zaro manfaatli va do‘stona aloqalarimizni chuqurlashtirish, hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga erishish imkonini beradi”, dedi Prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev sammitning kun tartibidan kelib chiqib, qator ustuvor yo‘nalishlari haqida o’z fikrlarini bildirdi.
Sharhlar