Profilaktika inspektori o‘z xotini va chaqalog‘ini otib, o‘z joniga qasd qildi
6-avgust kuni soat 21:00 larda Bo‘stonliq tumanidagi xizmat xonadonida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan profilaktika inspektori turmush o‘rtog‘i bilan janjallashdi.
Mojaro vaqtida inspektor o‘ziga biriktirilgan xizmat to‘pponchasi bilan xotini va 2024-yilda tug‘ilgan farzandini otib o‘ldirgan.
U o‘zining jinoiy qilmishi uchun jazodan qutulish maqsadida xuddi shu quroldan o‘zini boshiga otib, o‘z joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar