Prokuror Saidaziz Saidaliyev uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi
“Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saydaliyev ishi bo‘yicha sud tergovi yakunlandi. 26-iyul kuni sud majlisida prokuror Saidalievni 20 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan.
Bundan tashqari, u boshqa ayblanuvchilarga: Mirsolih Mirxo‘jayevga – 15 yil, Sh.Samiyevga – 15 yil, G.O‘rinboyev, F.Alimov va J.Badalovga – 13 yildan, Sh.Quvvatov, A.Akramov, U.Raximov va Ya. Sotiboldiyevga – 12 yildan, Samadovga – 11 yil, D. Sultonovga – 8 yil berishni taklif qilgan.
Qolgan sudlanuvchilar umumiy rejimdagi koloniyalarda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan.
Saidaliyevga nisbatan 14 ta holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, prokuror jinoiy yo‘l bilan olingan mulkni mulkiy zararning o‘rni sifatida va davlat foydasiga o‘tkazishni taklif qilgan.
30-iyulga belgilangan navbatdagi sud majlisida advokatlar va sudlanuvchilar tinglanadi.
Sharhlar