Psixologlar: “Hamster Kombat” asab tizimiga zararli
Psixologlar “Hamster Kombat” asab tizimiga zararli ekanligini ta’kidlamoqda. O‘yin kuchli giperfiksatsiyaga olib keladi, odam imkon qadar ko‘proq tanga to‘plash uchun uyqudan va odamlar bilan muloqotdan voz kechishi mumkin.
Yoshlar bunday o‘yinlarga qaram bo‘lib qolishi mumkin, chunki ular dofamin ishlab chiqarishni osonlashtiradi. Har qanday boshqa faoliyat turlari ularni qiziqtirmay qo‘yadi. Shu sabab o‘qishga bo‘lgan motivatsiya va intilish yo‘qoladi, e’tibor va xotira yomonlashadi, bola jahldor, tajovuzkor va asabiy bo‘lib qoladi.
Ulashish:
Sharhlar