Yo‘l talashgan haydovchilarning birida psixotrop dori borligi aniqlangan

Фото: kun.uz

Joriy yilning 23-mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi yangi qurilayotgan ko‘prik hududida «Spark» va «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchilari yo‘l talashib qolishgan.

Yaqin attrofda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimlari PPXga xabar qilgan holda voqea joyiga yetib borib fuqarolarni tinchlantirish choralarini ko‘rishgan.

“Shu paytda PPX xodimlarini uzoqdan kelayotganini ko‘rgan «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi mashinasining old qismidan o‘ziga tegishli bo‘lgan buyumlarni olib orqa yuk xonasiga joylashtirgan holda voqea joyidan ketishga va yashirinishga uringan”, – deyiladi xabarda.

Chaqiruvga asosan yetib kelgan PPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda avtomashina orqa o‘rindig‘idan qora paketga o‘ralgan 10 dona “Zardex” hamda 10 ta qutida “Regapen” jami 154 dona oq va qizil rangli psixotrop moddalari topilgan.

Yakkasaroy tumani IIO xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi fuqaro X.O. ekanligi aniqlanib, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.