Pul evaziga haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R. fuqarolar S.M. va K.G‘.ning ishonchiga kirib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlaridan tanishlari orqali o‘tkazib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.X. 4 nafar fuqaroga 18 mln so‘m evaziga go‘yoki Andijon viloyat YXHBda ishlovchi tanishlari yordamida “V.” “S” va “Ye” toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishini va’da qilib, oldindan 9 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.