Pullarini 2 baravarga ko’paytirish fuqaroga qimmatga tushdi

Foto: tergov.uz

Surxondaryo viloyatida yashovchi E.Q. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 3.260.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi P.D. sodir etganligi aniqlangan.

P.D., jabrlanuvchi E.Q. bilan telegram messenjeridagi guruhlarning birida tanishib, investitsiya kiritish borasida uni ishontirib, pullarini oz fursatlarda 2 baravar ko‘paytirib berishini va’da qilgan va aldov yo‘li bilan 3.260.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan P.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha jazosi nazarda tutilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.