Pullarni oz fursatda ko’paytiruvchi “soxta treyder” qo’lga tushdi
Farg‘ona viloyatida yashovchi M.O. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.A., jabrlanuvchi M.O. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilgan. Aldov yo‘li bilan 1 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishgan firibgar bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar