Pushkin” xiyobonida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi
16-sentabr kuni, Yakkasaroy tumanidagi “Pushkin” xiyobon hududini zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etishga start berildi.
Xabarga ko’ra, “Pushkin” xiyoboni aholiga qulayliklar yaratish maqsadida zamonaviy dizayenda bo‘ladi hamda Yakkasaroy tumanidagi “Shota Rustaveli” ko‘chasi 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan, gastronomik turizm ko‘chasiga aylantiriladi.
Ma’lumot uchun:
- Gastronomik turizm ko‘chasida velosepitlar uchun uzunligi 1,6 km maxsus yo‘lak. 40 dona zamonaviy o‘rindiqlar;
- Imkoniyati cheklangan insonlar uchun 10 ta joyda maxsus panduslar o‘rnatiladi;
1,5 km maydonda yashil hudud barpo etiladi; - Avtobuslar uchun mavjud 6 ta bekat to‘liq zamonaviy rekonstruksiya qilinadi. Hududda xojatxonalar tashkil etiladi;
- Hududdagi kesib o‘tuvchi yer osti yo‘laklarga imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 4 dona pandus qoyiladi va 2 ta chorraxadagi yer osti yo‘laklari rekonstruksiya qilinadi.
Ulashish:
Sharhlar