Putin eng kam ish haqini uch ming rublga oshirdi

Foto: Gazeta.uz

2025-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyada eng kam ish haqi oyiga 22 440 rublni (hozirda 19 242 rubl) tashkil etadi. Bu haqida mahalliy OAVlar xabar bermoqda.

Joriy yilning fevral oyida Vladimir Putin Federal Majlisda so‘zlagan nutqida 2030-yilga borib Rossiyada eng kam ish haqi 35 ming rublgacha oshirilishi kerakligini aytgan edi. Shu bilan birga, iqtisodchilar o’tgan yili Ukrainadagi urush tufayli ba’zi rus fuqarolarining maoshlari allaqachon oshganini payqashdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.