Putin Rossiya tomoni hech qachon Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmaganini qayd etdi
Rossiya prezidentining matbuot xizmati jurnalistlarga Putin va Shols o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazilganini tasdiqladi va bu nemis tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritdi.
“Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, Rossiya tomoni hech qachon Kiev rejimi tomonidan to‘xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashdan bosh tortmagan va ular uchun ochiq qoladi. Rossiyaning takliflari yaxshi ma’lum va ular, xususan, iyun oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qilgan nutqida bayon etilgan. Ehtimoliy kelishuvlar Rossiya Federatsiyasining xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini hisobga olishi, yangi hududiy voqeliklardan kelib chiqishi va eng muhimi, mojaroning asl sabablarini bartaraf etishi kerak”, — deya rasmiy Kreml bayonotidan iqtibos keltiradi Rossiya OAVlari.
Sharhlar