Putin Trampning g‘alabasi bilan tabriklamoqchi yoki yo‘qligi gumon
Kremlning AQShdagi saylovlar haqidagi ilk izohlari bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh saylovlarining dastlabki natijalari bu davlatning ichki ishi bo‘lib qolayotganini aytdi, deyiladi BBC xabarida. Ba’zi rossiyalik siyosatchilar Donald Trampning ehtimoliy g‘alabasiga optimistik munosabati uning “xalqaro maydonda tinchlikka intilishi” bilan izohladi.
Peskov, shuningdek, Vladimir Putin Trampni g‘alabasi bilan tabriklamoqchi yoki yo‘qligini bilmasligini aytdi.
“Unutmaylikki, gap davlatimizga qarshi urushda bevosita va bilvosita ishtirok etayotgan davlat haqida ketmoqda”, dedi u ertalabki brifingda.
Ulashish:
Sharhlar