Putin urushda yaralanganlarga to‘lovlar bo‘yicha yangi qoidalarni tasdiqladi

Foto: ochiq manba

Putin urushda yaralanganlarga to‘lovlar bo‘yicha yangi qoidalarni tasdiqladi, bu ko‘plab yaralanganlarga kamroq pul to‘lanishini anglatadi. TASSning yozishicha, to‘lovlar miqdori quyidagicha belgilangan:

  • og‘ir yaralanish uchun — 3 million rubl;
  • yengil yaralanish uchun — 1 million rubl;
  • «boshqa yengil jarohatlar» uchun — 100 ming rubl.

Yangi qoidalar, aslida, yaralanish uchun to‘lanadigan mablag‘larni kamaytirishni anglatadi. Eng ko‘p to‘lov hozirda ham 3 million rublni tashkil qiladi, biroq jarahatning og‘irligi hisobga olinmaydi. Masalan, 5-noyabr kuni RF Qurolli kuchlaridan bir batalon komandiri Mixail Petelin «Komsomolskaya pravda»ga bergan intervyusida: “Mening rota komandiri o‘rinbosarim oyog‘ini yo‘qotdi. Birov esa yengilgina yaralandi. Ikkalasiga ham 3 million rubl kompensatsiya to‘landi. Bunday holatlar hatto mening batalonimda ham ko‘p”, — degan.

Shu kuni mudofaa vaziri o‘rinbosari va Putinning jiyani Anna Sivilyova, vazirlik rahbari Andrey Belousov bilan yig‘ilishda yaralanganlarga to‘lovlar bo‘yicha amaldagi qoidalar ularda «noxolislik hissini» paydo qilayotganini aytgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.