Putin va Shols nimalar haqida suhbatlashdi

Фото: MAXIM SHIPENKOV/Pool via REUTERS

Germaniya kansleri Olaf Shols 15-noyabr, juma kuni Vladimir Putin bilan gaplashib, uni urushni to‘xtatib, Ukrainadan qo‘shinlarni olib chiqishga chaqirdi. Tomonlar rasman xabar bermagan suhbat “uzoq tayyorgarlikdan so‘ng juma kuni tushdan keyin bo‘lib o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Germaniya federal hukumati vakili Shteffen Gebeshtraytning aytishicha, Shols “Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini qoralagan va Putinni uni to‘xtatib, qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirgan”.

“Federal kantsler adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va Germaniyaning Ukrainani tinchlik jarayonida qo‘llab-quvvatlashga qat’iyligini ta’kidladi”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, kansler “Germaniya Ukrainani Rossiya agressiyasidan qancha zarur bo‘lsa, shuncha himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida qat’iy  ekanligini” ta’kidlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.