Putinga suiqasdga targ’ib qilgan fuqaroga 8 yil qamoq jazosi berildi
Avvalroq, “Putinni o‘ldirish”ga chaqirgan rejissyorga 10 yil qamoq jazosi talab qilinayotgani haqida xabar bergan edik.
Moskva harbiy sudi A. Berijinskayaga nisbatan uzil kesil qaror qabul qildi. Unga ko’ra, urushga qarshi postlar va Putinni otishga chaqirish ishi bo’yicha 8 yil umumiy tartibdagi qamoq jazosini tayinladi. Ushbu qaror sudya Andrey Plujnikov tomonidan ikkinchi Gʻarbiy harbiy okrug sudida chiqarildi.
43 yoshli Berijinskaya, aslida rejissyor, uning so’zlariga ko’ra, Moskva sudida “xalq uchun teatr yaratish” kabi ambitsiyali rejalari borligini bildirgan. U shuningdek, surunkali pankreatit va shaxsiy salomatligi bilan bog’liq muammolar borligini ta’kidlagan. Ish materiallarida unga aralash shaxsiyat buzilishi tashxisi qo’yilgan, biroq majburiy davolanishga ehtiyoji yo’qligi aniqlangan. Berijinskaya va turmush o’rtog’i Vladimir Lubegin ikki farzandni tarbiyalashadi.
Berijinskaya “VKontakte” tarmog‘ida “feyklar tarqatish va armiyani haqorat qilish” hamda terrorizmni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblandi. Shu bilan birga, uning aytishicha, u davlatning harbiy harakatlaridan hafsalasi pir bo‘lgan va o‘zining postlarini shaxsiy foydalanish uchun yozganini bildirgan.
Sharhlar