Qadimiy tangalarni sotmoqchi bo’lgan shaxslar qo’lga olindi

Фото: СГБ

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi A.X. 100 dona oltin tangalarni Andijon shahrida yashovchi E.S.ga 67 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida, ikkala shaxs ham dalillar bilan qo’lga olingan.

Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qo‘shimcha 37 dona oltin tangalar ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi jami 776 gr. bo‘lgan 5 va 10 rubl ko‘rinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Asllik darajasi 900 va 916 bo‘lgan mazkur qadimiy tangalar 1897-1911-yillar oralig‘ida bosib chiqarilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 950 mln. so‘mni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida “Nikolay” tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy, moddiy qimmatliklarni Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyatiga olib borib, sotishni rejalashtirgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.