Dushanbeda qalbaki chipta sotuvchisi ushlandi
Dushanbe shahar Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi ma’lumotlarga ko’ra, Vaxsh tumanida 38 yoshli fuqaro P.B 42 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, aldov yo’li bilan ularning har xil miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, avvaldan firibgarlik jinoyati uchun sudlangan va rasman qidiruvda bo‘lgan fuqaro o’z qurbonlariga Saudiya Arabistoniga safar qilishi uchun soxta chiptalar sotgan.
Holat yuzasidan Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 247-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari davom ettirilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar