Qamchiq dovonida portlatish ishlari amalga oshirilishi tufayli, harakat vaqtincha cheklanadi

Foto: YHXX

Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklanadi, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Qamchiq dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 254,6 va 258 kilometrlari oralig‘ida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan bugun, 18-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab ushbu hududda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.