“Qamchiq” dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi

Foto: FVV

6-noyabr kuni soat tonggi 4:55 larda A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi 238,5 kilometrida “Vodiy – Toshkent” yo‘nalishida tog‘ qiyaligidan yog‘ingarchilik natijasida namlanish hisobiga nomustahkam tosh – tuproq aralashmasi ko‘chkisi kuzatilgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ko‘chki yo‘lning xandak qismiga tushgan bo‘lib, harakat xavfsizligiga ta’sir yetmagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Voqea joyida “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK kuch va vositalari bilan ko‘chki massalari tozalangan.  “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in – qutqaruv boshqarmasi va YPX otryadi xodimlari avtomobil yo‘lida xavfsizlik choralarini ko‘rishgan”, – deyiladi xabarda.

Dovon orqali harakatlanuvchi haydovchilardan xavfli uchastkalarga transport vositalarini to‘xtatmasligi hamda ogohlantiruvchi va ta’qiqlovchi belgilarga rioya etishlarini so‘raymiz.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.