Qanday holatda aliment mablag‘i aliment jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi

Foto: podrobno.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda aliment mablag‘i “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasidan ham to‘lab beriladi, degan mazmundagi xabarlar tarqaldi. Bu xabarga MIB rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-avgustdagi 427-sonli qaroriga ko‘ra, Majburiy ijro byurosida tashkil etilgan aliment to‘lovlari jamg‘armasi mablag‘lari – aliment to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdor tomonidan to‘lanmaganda yoki qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki mavjud bo‘lmaganda undiruvchilariga to‘lab beriladi.

Ya’ni, aliment mablag‘ini jamg‘arma mablag‘laridan qoplab berish uchun eng birinchi sharti qarzdor aliment to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi kerak.

Ushbu holatdan boshqa vaziyatlarda aliment to‘lovlari aliment to‘lovlari jamg‘arma mablag‘laridan qoplab berilmaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.