Qanday hollarda bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi

Foto: Domental

Qonunga ko’ra, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko‘ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o‘rtog‘ining roziligi talab etiladi.

Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:

  • nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;
  • meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan;
  • nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa;
  • er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.