Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik go‘dak O‘zbekistonga — ota-onasi bag‘riga qaytarildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magi bilan Rossiya Federatsiyasida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 8 oylik go‘dak ota-onasi bag‘riga qaytarildi.
Bola 5 oylik davrida ota-onasi hujjatlari muddati tugaganligi sabab, bolasini kasalxonada qoldirib, O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lgan edi. Qaytganidan so‘ng, ota-ona Buxoro shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaaat qildi.
Ta’kidlanishicha, hozirda “Inson” markazi mas’ullari tomonidan oiladagi bir qator muammolarni ijobiy hal etish maqsadida keys ochilgan bo’lib, keys-menejment asosida ularga bir qator ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatiladi. Bola esa doimiy shifokorlar nazoratidadir.
Ulashish:
Sharhlar