Qarshi xalqaro aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: uzcaa.uz

Tarmoqlarda Qarshi xalqaro aeroporti hududida yong‘in kelib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi, deb yozadi O‘zA.

Maʼlum boʻlishicha, yong‘in Qarshi aeroporti yaqinida joylashgan «S.Smart» ishlab chiqarish korxonasi hududida sodir bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar tezda yong‘inni bartaraf qilish uchun yetib kelishgan. Shuningdek, Qarshi aeroportidan 3 ta o‘t o‘chirish mashinasi ham yordamga kelgan.

Sanoat hududidagi yongʻin havo bandargohi faoliyatiga taʼsir qilmagan. Qarshi xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.