Qarshi shahrida 3 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Фото: t.me/kashyhxb

4-iyul kuni soat 07:53 atrofida Qarshi shahrining Buston mahallasi hududida 4R-92 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi.

“Spark” rusumli avtomashina haydovchisi burilish vaqtida BYD Song Plus avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Zarba natijasida Spark qarshi bo‘lakka chiqib ketib, Nexia-1 rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.

“Spark” haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u shifoxonada vafot etgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.