Qarshi shahrida mahalla aholisi 10 kundan beri loyqa suvdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda

Фото: Новости Кашкадарьи

10 kundan buyon Qarshi shahri, Shohbekat mahallasidagi fuqarolarning xonadonlarida loyqa suv oqmoqda. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, avvaliga shahar suv ta’minoti korxonasi ma’muriyati muammoni yaqin soatlarda hal qilishga va’da bergan, biroq shundan so‘ng mas’ul shaxslar fuqarolar qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

“Biz I.Karimova ko‘chasi, 20-uyda yashaymiz. 10 kundan beri jo‘mrakdan loy, iflos suv oqmoqda. Shahar suv ta’minoti korxonasi ma’muriyati muammoni tezda hal qilishga va’da berdi va tez yordam brigadasi yetib kelib, hammasini bartaraf etishiga ishontirdi. Biz suv uchun avans to’lovi qilganimizga qaramay, hali ham kutmoqdamiz… Biz idishdagi suvni sotib olishga majbur bo’lyapmiz, chunki jo‘mrakdan oqayotgan suvni ichish ham, ishlatish ham mumkin emas”, deb yozadi Shohbekat mahallasi aholisidan biri.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda hamma joyda, ayniqsa, janubiy hududlarda anomal issiqlik kuzatilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.