Qarshida 18 yoshli o‘smir suzish havzasida elektr toki urishi oqibatida vafot etdi
13-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi suzish havzalaridan birida mudxish voqea sodir bo‘ldi. Hovuzdan chiqayotganda ho‘l oyog‘i bilan telefon zaryadlovchi qurilmasini bosib olgan yigitni elektr toki urib yubordi.
Tez yordam kelguniga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan basseyn tibbiyot xodimlarining urinishlariga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan.
Xabar qilinishicha, basseyn atigi olti oy oldin ochilgan va hozirda faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Voqea yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar