Qarshida AYQSH 370 mln. so’mdan ziyotroq elektr energiyasini o’g’irladi
Qarshi tumanida 361,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura Departamenti xabar bermoqda.
Xabarga ko’ra, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida faoliyat yurituvchi “K.A.” xususiy korxonasi rahbari va boshqalar korxonaning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichni yechib olib, jami 361,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar